date

Djikija Antalyaspor'dagi ahvoli haqida gapirdi

Djikija Antalyaspor'dagi ahvoli haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi faoliyati va klubdagi hozirgi holati yuzasidan qisqa fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistning «Antalyaspor»dagi ishlaringiz qanday?» degan savoliga Djikija «Hammasi yaxshi, rahmat», deya javob berdi. Turkiyadagi sharoitlar ham ko‘ngildagidek ekanini ta’kidlab, barchasi o‘zini qoniqtirayotganini tabassum bilan qo‘shimcha qildi.

Djikija «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shundan beri u jamoa tarkibida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurgan.

Turkiya Superligasi jadvalida «Antalyaspor» hozircha 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikija Antalyaspor'dagi ahvoli haqida gapirdi