Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenhxua yana maglub bo'ldi

Leonid Slutskiy murabbiylik qilayotgan «Shanxay Shenhxua» Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi bahsdan ham ochkosiz qaytdi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda «Hiroshima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: yaponlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g'alaba keltirdi. Bu natija «Shanxay Shenhxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
Olti turdan so'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. «Hiroshima» esa 11 ochko jamg'argan holda uchinchi pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing