Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatanga qaytgach, dastlab ijobiy o‘yinlari bilan ko‘zga tashlandi. Biroq tez orada uning atrofida salbiy fon kuchaydi: muammo natijalardan ko‘ra ko‘proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular futbolchini maydonda tez-tez simulyatsiya qiladi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «Nega di Mariyani hiylalari uchun hech qachon ogohlantirishmaydi?», «U yulduz, lekin bu qiliqlar joniga tegdi», «Shunaqa darajadagi o‘yinchi penalti so‘rash uchun bunaqa yo‘l tutgani achinarli» kabi keskin fikrlar yangramoqda. Avval «Manchester Yunayted» va «Real»da o‘ynagan di Mariya hozir «Rosario Sentral» safida maydonga tushmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing