Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua AChLdan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasining seshanba kungi uchrashuvida Xitoyning «Shanxay Shenyxua» jamoasi Yaponiyaning «Matida Zelviya» klubini qabul qildi. Leonid Slutskiy shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar o‘yin boshida ham, yakunda ham gol urdi: 3-daqiqada va 88-daqiqada Yuki Soma aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Shanxay Shenyxua» Osiyo Chempionlar ligasi pley-offiga chiqish imkoniyatini yo‘qotdi. Umumiy bosqichning yetti turidan keyin jamoa bor-yo‘g‘i 4 ochko jamg‘ara oldi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy Xitoy klubini 2023 yil oxirida boshqaruviga olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing