Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p taqdim etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga allaqachon yo'l olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni namoyish qildi. U to'q ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar tasviri aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali Budapeshtda o'tkaziladi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasida bo'lib o'tadi.
Amaldagi chempion — PSJ. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ga imkon qoldirmay, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!