date

Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'rroq o'ynadi

Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'rroq o'ynadi

Madridning «Real» klubida o'ng qanot himoyachisi David Ximenes asosiy jamoada mustahkam o'rin egallashi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli futbolchi La Ligadagi so'nggi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda ilk bor startda maydonga tushdi, «qaymoqranglilar» esa «Mestalya»da 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Jurnalist Ruben Martinning xabar berishicha, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Ximenesning o'yinidan juda mamnun qolgan. Arbeloa uni «Kastilya»dagi hamkorlik davridan yaxshi bilsa-da, yosh lateral baribir murabbiyning barcha kutganlaridan ham yuqori darajada harakat qildi.

Manbalarga ko'ra, endilikda Ximenes asosiy tarkib o'yinlariga tez-tez jalb etiladi. U hozirgacha «Real» safida to'rtta uchrashuvda qatnashgan, shundan ikkitasi Ispaniya kubogiga to'g'ri keladi. Mart oyida himoyachi 22 yoshga to'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Realning yosh himoyachisi Arbeloa kutganidan ham zo'rroq o'ynadi