Eron AQSH bilan muzokaralarni keskin toʻxtatdi

Eron AQSH bilan muzokaralarni keskin toʻxtatdi
Qisqacha

Eron 22-aprelda Pokistonda AQSh bilan o'tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi. Tehron hozirgi vaziyatda muzokaralarni davom ettirishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblab, AQShning ayrim majburiyatlarni bajarmaganini sabab qilib ko'rsatdi. Xususan, Eron Livandagi vaziyat bo'yicha berilgan va'dalarning bajarilmagani hamda dengiz blokadasining saqlanib qolayotganidan norozi bo'ldi. Bunday sharoitda muzokaralarni davom ettirishni samarasiz deb baholadi.

Eron 22 aprel kuni Pokistonda AQSH bilan oʻtkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda qatnashmaslikka qaror qildi. Bu haqda Tasnim agentligi maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, Eron delegatsiyasi vositachilar orqali America tomonini Islomobodga kelmaslik haqida ogohlantirgan. Tehron hozirgi vaziyatda muzokaralarni davom ettirishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblamoqda.

Eron tomoni bu qarorni AQShning ayrim majburiyatlarni bajarmagani bilan izohlagan. Xususan, Vashington Livandagi vaziyat boʻyicha bergan vaʼdalariga amal qilmagani taʼkidlangan.

Shuningdek, dastlabki bosqichda yuqori talablar qoʻyilgani va Eron tomonidan ayrim qadamlar tashlanganiga qaramay, dengiz blokadasi saqlanib qolayotgani ham eʼtiroz sifatida keltirilgan.

Tehron vakillari bunday sharoitda muzokaralarni davom ettirishni samarasiz deb baholab, uni vaqt yoʻqotish sifatida koʻrayotganini bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar