date

Rosenior 0:3 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin jamoa ruhidan norozi boʻldi

Rosenior 0:3 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin jamoa ruhidan norozi boʻldi

“Chelsi” bosh murabbiyi Liam Rosenior “Brayton”ga qarshi 0:3 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng jamoa oʻyini va futbolchilarning maydondagi munosabatidan qattiq noroziligini yashirmadi. Uning soʻzlari klub ichidagi vaziyat jiddiy ekanini koʻrsatmoqda.

Roseniorning taʼkidlashicha, maydonda kurashni toʻxtatib qoʻygan jamoa haqida gapirilishining oʻzi qabul qilib boʻlmaydigan holat. U bu borada barcha savollarni toʻgʻridan-toʻgʻri futbolchilarga berish kerakligini aytdi:

«Savollarni futbolchilarga bering. Qaysi klubda oʻynashingdan qatʼi nazar, seni kurashni tashlab qoʻydi deb aytishlari — mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan holat. Men shuni ayta olaman, xolos», — dedi Rosenior.

Mutaxassis oʻzini juda ogʻir va shok holatida his qilayotganini bildirib, bugungi oʻyin nafaqat uning taktik qarashlariga, balki klubning asosiy qadriyatlariga ham toʻliq zid boʻlganini taʼkidladi. U bunday holat takrorlanmasligi kerakligini ochiq aytdi:

«Menga ogʻir. Men shokdaman, chunki bugungi oʻyin na mening prinsiplarimga, na klub qadriyatlariga mos keldi. Bu oʻzgarishi kerak», — dedi Rosenior.

Rosenior hozircha barcha tafsilotlarga kirib bormasligini, ammo oʻzining aniq xulosalari borligini ham qoʻshimcha qildi. Uning fikricha, natija faqat murabbiy zimmasiga yuklanmaydi, jamoaviy javobgarlik ham katta ahamiyatga ega:

«Men hozir tafsilotlarga batafsil toʻxtalishni istamayman. Oʻz fikrlarim bor. Natija faqat murabbiyga bogʻliq emas», — dedi Rosenior.

U “Chelsi” doim kurash, iroda va xarakter bilan tanilishi kerakligini alohida urgʻulab oʻtdi. Ammo uning soʻzlariga koʻra, “Brayton”ga qarshi uchrashuvda bu fazilatlarning hech biri koʻrinmagan:

«Bizning jamoa doim kurash, iroda va qatʼiyat timsoli boʻlishi kerak. Ammo bugun maydonda buning izi ham koʻrinmadi», — dedi Rosenior Sky Sports'ga.

Hozirgi vaziyat yanada tashvishli — “Chelsi” ketma-ket besh oʻyindan buyon gol ura olmayapti. Bu esa jamoaning Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashiga jiddiy bosim olib kelmoqda va kelgusi oʻyinlar ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenior 0:3 hisobidagi magʻlubiyatdan keyin jamoa ruhidan norozi boʻldi