«Real» tarkibni yangilashga kirishdi: qaysi futbolchilar jamoadan ketadi?

"Real Madrid" joriy mavsum yakunlangach, jamoa tarkibida jiddiy o'zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bir qancha futbolchilar, jumladan, David Alaba va Raul Asensio jamoani tark etishi mumkin, Dani Ceballos esa "Betis"ga qaytish istagini bildirgan. Klub hujumni kuchaytirish maqsadida Endrikni qaytarishni ko'rib chiqmoqda, ammo Dani Karvaxal va Antonio Ryudigerning kelajagi hali noma'lum. Umuman olganda, "Real Madrid" yangi mavsumga yangilangan va kuchliroq tarkib bilan chiqishni maqsad qilgan.
Madridning “Real” klubi joriy mavsum yakunlanganidan soʻng asosiy tarkibda jiddiy oʻzgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Klub rahbariyati bir nechta futbolchilar bilan xayrlashish variantini koʻrib chiqmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 30 iyun kuni shartnomasi yakuniga yetadigan avstriyalik himoyachi David Alaba bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilingan. Bu qaror jamoa kelajak strategiyasi doirasida qabul qilingan.
Yana bir himoyachi Raul Asensio ham transferga qoʻyilishi mumkin boʻlgan futbolchilar qatorida tilga olinmoqda. The Athletic manbasi bu haqda maʼlum qilgan.
Shuningdek, yarim himoyachi Daniel Sebalos Madridni tark etib, “Betis”ga qaytish istagini bildirgani aytiladi. Uning kelajagi ham yozgi transfer oynasida hal boʻlishi mumkin.
Hujum chizigʻida ham oʻzgarishlar kutilmoqda — Gonsalo Garsiya jamoani tark etadigan futbolchilar roʻyxatiga kirgan. “Real” esa hujumni kuchaytirish maqsadida hozirda “Lion”da ijarada oʻynayotgan Endrikni qaytarish variantini maʼqullagan.
Ayni paytda tajribali himoyachilar Daniel Karvaxal va Antonio Ryudigerning kelajagi noaniq boʻlib qolmoqda. Ularning shartnomalari kelasi yozda yakunlanadi, biroq hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Qisqasi, “Real”da katta qayta qurish jarayoni boshlanishi mumkin. Klub yangi mavsumga ancha yangilangan va kuchli tarkib bilan chiqishni maqsad qilmoqda.






























Izohlar 0
…