Oʻzbekistonda aholi koʻchmas mulk xizmatlariga trillionlab mablagʻ sarfladi

2026-yilning dastlabki ikki oyida O'zbekistonda ko'chmas mulk xizmatlari hajmi 4,3 trillion so'mga yetdi, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15,5 foizga o'sishni ko'rsatadi. Ushbu ko'rsatkich sohada sezilarli faollik va bozorning izchil kengayib borayotganidan dalolat beradi. Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga to'g'ri kelib, poytaxtda xizmatlar hajmi 2,6 trillion so'mni tashkil etdi. Keyingi o'rinlarda Toshkent viloyati, Samarqand va Farg'ona kabi hududlar qayd etilgan.
2026 yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 4,3 trillion soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich sohada sezilarli faollik kuzatilayotganini anglatadi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, ushbu natija oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,5 foizga yuqori boʻlib, bozor hajmi izchil kengayib borayotganini koʻrsatadi.
Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan. Poytaxtda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 2,6 trillion soʻmni tashkil etib, umumiy koʻrsatkichning asosiy qismini egallagan.
Keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati qayd etilib, bu hududda xizmatlar hajmi 331,5 milliard soʻmga yetgan.
Shuningdek, Samarqandda 212,8 milliard, Fargʻonada 179,3 milliard va Andijonda 150,5 milliard soʻmlik xizmatlar amalga oshirilgan.
Qashqadaryo, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham mos ravishda 124,2 milliard, 118,8 milliard hamda 101 milliard soʻmlik koʻrsatkichlar qayd etilgan.

























Izohlar 0
…