Gvardiola "Siti"dagi kelajakdagi vorisi kim ekani haqida gapirdi

Pep Guardiola "Manchester Siti"dagi kelajakdagi vorisi haqida gapirib, yosh murabbiy Vincent Kompaniyaga e'tibor qaratdi. Guardiola Kompaniyada top-klubni boshqarish salohiyatini ko'rganini va uning murabbiylik yo'lida hali o'sayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, Kompaniyaga "Bavariya"da tajriba orttirgandan so'ng Angliyaga, hatto "Siti"ga qaytish ehtimoli bor. Guardiola Kompaniyaga ishonchi komil ekanligini va u kelajakda klubga qaytishiga umid qilishini bildirdi.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub kelajagi va oʻz oʻrnini kim egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning soʻzlari futbol jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi.
Gvardiola taʼkidlashicha, u bir necha yil avvalyoq yosh murabbiy Vensan Kompaniga eʼtibor qaratgan. U “Byornli”ga qarshi oʻyinlardan biridayoq Kompanining salohiyatini sezganini aytgan:
“Oʻshandayoq menda shunday his bor edi — bu yigit bir kun kelib top-klubni boshqaradi”, deya qayd etdi mutaxassis.
Biroq Gvardiola fikricha, Kompani hozir hali murabbiylik yoʻlida shakllanish bosqichida turibdi. U “Bavariya”da endigina ikki mavsum ishlagani sababli tajriba toʻplashda davom etmoqda:
"Ammo u hali yosh, «Bavariya»da endigina ikki mavsum ishladi, shuning uchun u yerda yana biroz vaqt faoliyat olib boradi, - dedi Gvardiola.
Ispaniyalik murabbiy shuningdek, agar kelajakda Kompani va “Bavariya” yoʻllari ajrasa, u yana Angliyaga qaytish ehtimoli yuqori ekanini aytdi:
"Menda shunday hissiyot bor: agar bir kun kelib Kompani va «Bavariya» yoʻllari ajralsa, u Angliyaga qaytishni istaydi", - dedi Gvardiola.
Gvardiola uning futbol falsafasi va yetakchilik sifatlarini yuqori baholab, “Manchester Siti” har doim Kompani yuragida qolishini taʼkidladi. U hatto bir kun kelib belgiyalik murabbiy yana Manchesterga qaytishi mumkinligini ham istisno qilmadi:
"Ishonchim komil, «Manchester Siti» doim uning yuragida boʻladi va umid qilamanki, bir kun u yana bu klubga qaytadi", — dedi Gvardiola.
Hozirda Vensan Kompani “Bavariya”ni boshqarib, jamoa bilan barqaror natijalar qayd etmoqda. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi.






























Izohlar 0
…