date

Oʻzgidromet: Bugun besh hududda kuchli shamol va chang-toʻzon kutilmoqda

Oʻzgidromet: Bugun besh hududda kuchli shamol va chang-toʻzon kutilmoqda

22 aprel kuni Oʻzbekistonning qator hududlarida yogʻib-havo sharoiti keskinlashishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet rasmiy maʼlumot taqdim etdi.

Maʼlum qilinishicha, kunduzgi soatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi soniyasiga 15–20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayniqsa, ochiq va choʻl hududlarda shamol bilan birga chang-toʻzonlar ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, bunday ob-havo sharoiti koʻrish masofasining pasayishiga, aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois fuqarolarga ehtiyotkor boʻlish, ayniqsa yoʻl harakati ishtirokchilariga xavfsizlik qoidalariga qatʼiy amal qilish tavsiya etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzgidromet: Bugun besh hududda kuchli shamol va chang-toʻzon kutilmoqda