date

PSJ muxlislari mojarosi sabab klub jazo olishi mumkin

PSJ muxlislari mojarosi sabab klub jazo olishi mumkin

Fransiya chempionatining 21-turida «PSJ» «Marsel»ni 5:0 hisobida yenggan bahs (8 fevral, «Park de Prens») ortidan parijlik muxlislarning xatti-harakati klub uchun muammoga aylanishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri yozdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, «PSJ» tribunalarida raqibga nisbatan haqoratli shiorlar yangragan, mazmuni o‘xshash bannerlar ham ko‘tarilgan. Ayrim iboralar irqchilik sifatida baholanishi ehtimoli tilga olinmoqda, biroq nashr suhbatlashgan yurist buni amalda isbotlash qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Uchrashuv yakuniga 20 daqiqa qolganida ko‘plab fayerlar yoqilgani sabab o‘yin vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan. «PSJ» rahbariyati esa bahsdan avval muxlislardan bunday harakatlardan tiyilishni so‘rab, vaziyatning oldini olishga uringani qayd etildi.

Avvalroq ham klub muxlislari «Parij» klubini haqorat qilganidan so‘ng «PSJ» tribunaning bir qismini yopish tarzida jazolangan edi. Endi holat yana takrorlangani uchun 18 fevral kuni mahalliy intizomiy qo‘mita xuddi shunday chorani ko‘rishi mumkinligi istisno qilinmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ muxlislari mojarosi sabab klub jazo olishi mumkin