date

Denis Makarov jarohat olib, bir muddat safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat olib, bir muddat safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy ko‘rik natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda Makarov davolanishni davom ettirmoqda.

Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi o‘yinda debyut qilgan, uchrashuv 0:4 hisobida yakunlangandi. Uning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq Makarov Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va u yerdan erkin agent sifatida ketgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat olib, bir muddat safdan chiqdi