date

Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubi himoyachisi Georgiy Djikija jamoada o‘zini qanday his qilayotgani haqida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistning «Klubdagi ishlaringiz qanday?» degan savoliga Djikija: «Hammasi yaxshi, rahmat», deya javob berdi. «Turkiyada hammasi ko‘ngildagidekmi?» degan savolga esa u jilmayib: «Turkiyada hammasi joyida», — dedi.

Djikija «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shundan buyon u barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi o‘yini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikija Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi