Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
— «Antalyaspor»dagi ishlaringiz qalay? — degan savolga Djikiya: «Hammasi yaxshi, rahmat», — deya javob qaytardi.
U Turkiyadagi sharoitlar ham ko‘ngildagidek ekanini qo‘shimcha qilib, jilmaygan holda: «Bu yerda hammasi joyida», — dedi.
Djikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!