Kamplya Rangnik uni oilaviy holatda ham o'ynatganini aytdi

Oilaviy vaziyat sabab futbolchilik faoliyatini yakunlagan sloveniyalik yarim himoyachi Kevin Kampl «RB Leyptsig»dagi davrlarini eslab, o'sha paytdagi bosh murabbiy Ralf Rangnik bilan bog'liq voqeani hikoya qildi. Uning aytishicha, rafiqasi tug'ruq arafasida bo'lganiga qaramay, murabbiy uni maydonga tushishga majbur qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kamplning so'zlariga ko'ra, Rangnik unga: «Ortingdan samolyot yuboraman, sen bu o'yinda maydonga tushishing shart», degan.
Gap «Volfsburg»ga qarshi bahs haqida ketmoqda: o'sha uchrashuvda Rangnik jamoasi 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Biroq o'yindan keyin futbolchi yanada hayratda qolgan — Rangnik jurnalistlar bilan suhbatda go'yoki Kamplning o'zi juda o'ynashga intilganini aytgan, holbuki vaziyat aslida buning teskarisi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!