Denis Makarov jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa bayonotiga ko‘ra, tibbiy ko‘rik davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaroy»ga qarshi bahsda debyut qilgandi. O‘yin 0:4 hisobida yakunlandi, klub turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib boryapti. Futbolchi bunga qadar Moskvaning «Dinamo»sida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing