date

Samedov Rossiya yaqin orada top terma jamoalar bilan o‘ynashiga ishonadi

Samedov Rossiya yaqin orada top terma jamoalar bilan o‘ynashiga ishonadi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Samedov milliy jamoa atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, navbatdagi yig‘in taxminan besh yarim haftadan keyin bo‘lib o‘tadi, biroq o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar hanuz e’lon qilinmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Samedov Rossiya tez orada Yevropaning yetakchi terma jamoalariga qarshi maydonga tushishiga ishonishini ta’kidladi. Shuningdek, u 2026 yilda Rossiya kuchli Lotin Amerikasi terma jamoalaridan biri bilan ham o‘ynab qolishi mumkinligini istisno etmadi.

Hozirda Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkaza oladi. Bunga UEFA va FIFA tomonidan qariyb to‘rt yil avval Rossiya futbol ittifoqiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar sabab bo‘lgan.

Rossiya terma jamoasi so‘nggi bor rasmiy uchrashuvni 2021 yil noyabr oyida o‘tkazgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Samedov Rossiya yaqin orada top terma jamoalar bilan o‘ynashiga ishonadi