UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun yangi toʻpni taqdim etdi

Chempionlar Ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykli raundda toʻqnash kelib, 1/8 final uchun sakkizta yoʻllanmani oʻynab beradi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa 1/8 finalga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻl oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar Ligasi finali uchun maxsus toʻpni namoyish qildi. U qora tuslarga yaqin ranglarda ishlangan bo‘lib, oq yulduzlar bilan bezatilgan. Toʻpni Adidas kompaniyasi ishlab chiqargan.
2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi finali Budapeshtda boʻlib oʻtadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs 30 may, shanba kuni oʻtkaziladi (Toshkent vaqti bilan).
Hozirgi amaldagi chempion — PSJ. Oʻtgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik magʻlub etib, kubokni qoʻlga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!