date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grand-klubi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi qayd etildi. Shu bois Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda sport siyosati bo‘yicha yaqin kunlarda faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham boy tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi