Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiya klubidagi vaziyati borasida savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlar qanday ketayotgani so‘ralganda, u «Hammasi yaxshi, rahmat», deya javob berdi. Turkiyada sharoitlar qoniqtiryaptimi, degan savolga esa tabassum bilan «Hammasi joyida», dedi.
Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shundan buyon u 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing