Jezush Ronalduni dam oldirishga qaror qildi va u maydonga tushmaydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan qarorni izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham jamoa tarkibida bo‘lmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish tanlangan. Murabbiy buni oldinda turgan muhim o‘yin — "Al-Fateh" bilan bellashuv bilan izohladi.
"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda ta’kidlanishicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarning ayrimlarida avval ham ishtirok etmagan.
Saudiya chempionatida "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!