date

Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya turk klubidagi vaziyati borasidagi savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan «Antalyaspor»dagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoit va muhitdan mamnunligini jilmayib tasdiqladi.

Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi