date

Angliya JCH oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Angliya JCH oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Angliya terma jamoasi jahon chempionati boshlanishi arafasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Mirror xabariga ko'ra, inglizlarning raqibi Kosta-Rika terma jamoasi bo'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 10 iyun kuni bo'lib o'tadi. Avvalroq Angliya 6 iyun kuni Yangi Zelandiya bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishi ma'lum qilingandi. Har ikki bahs AQSHda, Florida shtatidagi mashg'ulot bazasi yaqinida tashkil etiladi, ammo aniq stadion hozircha e'lon qilinmagan.

Angliya va Kosta-Rika shu paytgacha ikki marta to'qnash kelgan. 2018 yilda o'rtoqlik o'yinida inglizlar Markus Reshford va Denni Uelbek gollari evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozongan, undan 4 yil avval esa JCH guruh bosqichida tomonlar 0:0 hisobida durang o'ynagan.

17 iyun kuni Tomas Tuhel qo'l ostidagi jamoa jahon chempionatini Xorvatiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu guruhda Gana va Panama ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya JCH oldidan Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi