date

Jikiya Antalyasporidagi holati bo‘yicha qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyasporidagi holati bo‘yicha qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video «FNL s Ilyovym» telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlar ham uni to‘liq qoniqtirayotganini tabassum bilan tasdiqladi.

Jikiya «Antalyaspor» safini o‘tgan yozda to‘ldirgan. Shu vaqtgacha u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urdi.

Ayni paytda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporidagi holati bo‘yicha qisqa izoh berdi