Krishtianu Ronaldu qizi bilan birga zalda shug'ullandi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda yulduz hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham gantel ko'targan, faqat kichkina va pushti ranglisini. Jorjina suratga qisqa izoh qoldirib, “Dada”, deb yozdi.
Avvalroq Jorjina Ronalduga tug'ilgan kuni munosabati bilan tabrik ham e'lon qilgandi. Qizig'i, u post futbolchining 41 yoshga to'lganidan keyingi kuni joylashtirilgan.
Shu orada Ronaldu “Al-Nasr”ning so'nggi bir nechta o'yinlarini o'tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi bo'lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!