date

Djikiyа Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

Djikiyа Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiya klubidagi hozirgi vaziyati yuzasidan fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali ulashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

— "Antalyaspor"dagi ishlaringiz qanday? — degan savolga Djikiya: "Hammasi yaxshi, rahmat", deya javob berdi.

Keyingi savolda Turkiyada hammasi ko‘ngildagidek ekani so‘ralganda, u jilmayib: "Turkiyada hammasi joyida", dedi.

Djikiya "Antalyaspor" safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Shu paytgacha u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiyа Turkiyadagi holati haqida qisqa izoh berdi