date

Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu o‘yinda ham uning ishtiroki bo‘lmaydi.

Jezushning so‘zlariga ko‘ra, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Murabbiy “Al-Fateh”ga qarshi muhim uchrashuv oldidan yetakchilarga dam berish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, u Ronalduning safardagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi “yangilik” emasligini eslatdi: saudiyaliklar chempionati doirasida mamlakat tashqarisida o‘tadigan bahslarda u avval ham bir necha bor qatnashmagan.

Saudiya chempionatining “Al-Fateh” – “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi o‘yinda dam oldiradi