Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa fikr bildirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi klubida o'zini qanday his qilayotgani haqida gapirdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistlarning "Antalyaspor"dagi ishlar qanday ketayotgani haqidagi savoliga Djikiya "Hammasi yaxshi, rahmat" deya javob berdi.
Turkiyadagi sharoitlar uni to'liq qoniqtiryaptimi, degan savolga esa himoyachi kulimsirab: "Turkiyada hammasi joyida", dedi.
Djikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda qo'shilgan. Shundan beri u jamoa tarkibida 13 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urdi.
Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!