Georgiy Djikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati borasida berilgan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e'lon qilgan videoda paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Djikiyadan klubdagi ishlar qanday ketayotgani so'ralganda, u «hammasi yaxshi» deya javob berdi. Turkiyadagi sharoit ham uni to'liq qoniqtirayotganini himoyachi tabassum bilan ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Djikiya o'tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo'shilgan. Shu paytgacha u 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing