date

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida gapirdi

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida gapirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z shartnomasini uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuxel Angliya termasini boshqarish istagi anchadan beri borligini ham yashirmadi. Uning aytishicha, 2021 yilda «Chelsi»ni boshqargan paytida Yevropa chempionati o‘yinlari «Uembli»da o‘tganda stadiondagi muhit va butun mamlakatdagi hayajon uni kuchli taassurot ostida qoldirgan.

«O‘shanda vakilimga qo‘ng‘iroq qilib: “Vau, bu mening orzum! Avval «Chelsi» bilan barcha sovrinlarni yutaman, keyin Angliya terma jamoasida ishlashni xohlayman”, degandim», — deya murabbiy so‘zlarini «uch sherlar» matbuot xizmati keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel «Chelsi»ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya terma jamoasidagi lavozimni esa u 2025 yil boshida egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida gapirdi