Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qolmoqda

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytdi va ilk muvaffaqiyatlardan keyin u uchun noqulay davr boshlandi. Biroq bu holat ko'proq uning o'yinidan emas, raqiblar va muxlislar orasidagi noroziliklardan kelib chiqmoqda: ular futbolchi maydonda tez-tez simulyatsiya qiladi, deb hisoblayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda keskin fikrlar ko'paygan. Ayrimlar di Mariyani “nima uchun uning hiylalariga hech kim ogohlantirish bermaydi” deya tanqid qilsa, boshqalar esa “u yulduz, lekin bu harakatlari chidab bo'lmas darajaga yetdi” deya yozmoqda. Yana bir guruh esa sobiq “Manchester Yunayted” va “Real” futbolchisi hozir to'p surayotgan “Rosario Sentral” safida penalti ishlab olish uchun haddan tashqari urinayotganini ta'kidlmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!