date

Laimer yangi shartnoma uchun maoshini oshirishni so'ramoqda

Laimer yangi shartnoma uchun maoshini oshirishni so'ramoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi Konrad Laimer bilan yangi shartnoma bo'yicha hali kelishuvga erishgani yo'q. Avstriyalik futbolchining amaldagi bitimi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, klub esa uni yangilashni xohlamoqda, biroq muzokaralar oson kechmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko'ra, Laimerning vakillari mijoziga bonuslar bilan birga yiliga 15 million yevro maosh so'ramoqda. «Bavariya» esa bundan pastroq raqamni taklif qilgan. Hozirda 28 yoshli futbolchining yillik daromadi taxminan 8–9 million yevroni tashkil etadi.

Laimer Vensan Kompani jamoasidagi hozirgi o'rnini inobatga olib, maoshi oshirilishini o'ziga munosib deb bilmoqda. U «Bavariya» safida 2023 yildan beri to'p surmoqda, yarim himoyadan o'ng qanot himoyachisi roliga ham moslashib ulgurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laimer yangi shartnoma uchun maoshini oshirishni so'ramoqda