UEFA Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'pni tanishtirdi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yaqinda yakunlandi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa stykov raundda maydonga tushib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani o'ynab oladi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz jamoasi esa to'g'ridan to'g'ri 1/8 finalga yo'l oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu orada UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni ommaga taqdim etdi. U qoramtir ranglarda ishlangan bo'lib, unda oq yulduzlar tasviri aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 mavsum Chempionlar ligasi finali Budapesht shahrida bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasiga belgilangan.
Ayni paytda musobaqaning amaldagi g'olibi — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida yirik mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!