Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytiradi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti milliy jamoa bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan kelishuvi deyarli tayyor: hozircha faqat ayrim rasmiy masalalar qolgan.
Braziliya terma jamoasi tarixidagi ilk xorijlik murabbiy qo'l ostida jamoa 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Mundialning final bosqichida braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bir guruhdan o'rin oldi.
Braziliyaning guruhdagi uchrashuvlari 13, 19 va 24 iyun kunlari bo'lib o'tadi. Avvalroq Anchelottining yozda «Manchester Yunayted»ni boshqarishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!