Ermakov Trubinning Real darvozasiga urgan golini kino dedi

"Pari NN" yarim himoyachisi Nikita Ermakov "Benfika" darvozaboni Anatoliy Trubinning "Real"ga urgan goli uni qanday hayratda qoldirganini aytib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 8-turida Trubin qo'shimcha daqiqalarda gol urib, portugaliyaliklarning pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qo'shdi.
"Bu xuddi kinodagidek. Bundan o'zim uchun ham motivatsiya oldim, bunday holatni hali hech qachon ko'rmagandim", — deya Ermakovning so'zlarini "RB Sport" keltiradi.
Qur'a natijalariga ko'ra, "Real" va "Benfika" Chempionlar ligasi pley-off saralash raundida yana o'zaro to'qnash keladi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25 fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing