date

Fonseka Endrik borasida hakamlarni keskin tanqid qildi

Fonseka Endrik borasida hakamlarni keskin tanqid qildi

Fransiyaning "Lion" klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka "Nant"ga qarshi o'yinda braziliyalik hujumchi Endrikning maydondan chetlatilishi yuzasidan fikr bildirdi. 19 yoshli futbolchi "Real"dan ijara asosida "Lion" safida to'p tepmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka qizil kartochkani haddan tashqari og'ir qaror deb hisoblaydi. Uning aytishicha, epizoddan oldin "Nant" futbolchisi aniq qoida buzgan, u to'pga o'ynamay, faqat Endrikni to'xtatishga uringan. Murabbiy Endrikga ketma-ket uchinchi o'yinda raqiblar ataylab keskin bosim o'tkazib, uni asabiylashtirishga urinayotganini ta'kidladi va hakamlar bunday vaziyatlarda aralashib, iste'dodli futbolchini himoya qilishi kerakligini aytdi.

Shu bilan birga, Fonseka Endrik ham bo'lib o'tgan holatdan saboq olishi zarurligini qayd etdi. Murabbiy 19 yoshida va bunday katta salohiyat bilan maydondagi vaziyatlarga ehtiyotkorroq yondashish kerakligini futbolchining o'ziga tushuntirganini, aynan shunday murakkab sinovlar esa uning o'sishiga yordam berishini qo'shimcha qildi.

Fonseka hakamlik borasidagi yondashuvlar hamon bir xil emasligidan norozi ekanini yashirmadi. U har hafta turlicha talqinlar uchrayotgani, qaysi holat qizil, qaysi epizod sariq kartochkaga tortilishi masalasida aniq mezonlar bo'lishi kerakligini urg'uladi.

Ma'lumot uchun, Endrik "Lion" safida o'tkazgan 5 o'yinda 5 gol urdi va yana bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Endrik borasida hakamlarni keskin tanqid qildi