Darvin Nunyes arab chempionati roʻyxatidan chiqarib tashlandi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes mavsumning qolgan qismida Saudiya Arabistoni chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni mahalliy liga uchun arizadan olib tashlab, klubga qoʻshilgan Karim Benzemani roʻyxatga kiritishni ma’qul koʻrdi. Shunga qaramay, Nunyes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun jamoa qaydnomasida qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, Nunyes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida toʻp surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi va hozirga qadar milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, u 2022 yil Qatarda oʻtgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing