date

Jikiya klubini o'zgartirishi mumkin agent sababini aytdi

Jikiya klubini o'zgartirishi mumkin agent sababini aytdi

Rossiyalik himoyachi, hozirda «Antalyaspor» safida o'ynayotgan Georgiy Jikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Jikiya maosh kechikayotgani tufayli norozi va shu sabab Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Arutyunov ta'kidlashicha, to'lovlar noyabrdan beri kechikmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.

32 yoshli himoyachi «Antalyaspor»ga o'tgan yozda qo'shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachi 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya klubini o'zgartirishi mumkin agent sababini aytdi