date

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi klubidagi vaziyati yuzasidan savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNl s Il'evym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan jamoada ishlar qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Turkiyadagi sharoitlar ham ko'ngildagidek ekanini futbolchi tabassum bilan tasdiqladi.

Georgiy Jikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga kelib qo'shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida qisqa izoh berdi