date

Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni kimligi aytildi

Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni kimligi aytildi

Lequipe jurnalisti Ugo Delom PSJda asosiy tarkib uchun ketayotgan darvozabonlar raqobati haqida fikr bildirdi. Gap rossiyalik Matvey Safonov va fransuz Luka Shevale o'rtasidagi kurash haqida bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delomning ta'kidlashicha, Shevale Safonovga asosiy tarkibdagi o'rnini halol raqobatda boy berganini yaxshi tushunadi. Hozirda esa Matvey parijliklar safida shubhasiz birinchi raqam hisoblanadi, deya uning so'zlarini “RB Sport” keltirdi.

Eslatib o'tamiz, PSJ kecha Fransiya chempionatining 22-turi doirasida “Renn” maydoniga safar qilib, omadsiz o'yin o'tkazdi va 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuvda Safonov jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fransiyada PSJning asosiy darvozaboni kimligi aytildi