date

Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi

Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchining tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin borligini ko'rsatdi.

"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda Jezush Ronalduga dam berish yangilik emasligini ham qo'shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib yuboradi.

Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga yaqin o'yin oldidan dam berdi