Ikardi het-trigi Galatasaroy tarixida rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida Galatasaroy Eyupsporni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u raqib darvozasiga uch bor aniq zarba berib, het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U Galatasaroy safida urgan gollari sonini 76 taga yetkazib, bu ro'yxatda 75 gol bilan turgan ruminiyalik Gheorghe Hadjini ortda qoldirdi.
Umumiy to'purarlar reytingida Ikardi hozircha 7-o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Galatasaroy sharafini himoya qiladi, undan avval esa PSJda to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing