date

Jezush Ronalduni keyingi uchrashuvda dam oldirishini aytdi

Jezush Ronalduni keyingi uchrashuvda dam oldirishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy oldinda chempionatdagi «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini alohida urg'uladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda qatnashmay qolishi ilk bor emas», — deya qo'shimcha qilgan.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni keyingi uchrashuvda dam oldirishini aytdi