date

Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini baholadi

Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini baholadi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoasining joriy mavsum Chempionlar ligasida gʻolib chiqish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mavsum «qaymoqranglilar» uchun bir maromda oʻtayotgani yoʻq, shu sabab hozircha Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa turnirning asosiy favoritlari qatorida tilga olinmayapti.

«Chempionlar ligasini yuta olamizmi? «Real» sardori bunday savolga “yoʻq” desa, bu uyat bo‘lardi. Kerak bo‘lsa, kuniga to‘rt soatlab shug‘ullanamiz — buni qilamiz. Bu klub futbolchilardan 100 foiz futbol va gʻalabalarga jam bo‘lishni talab qiladi», — deya Valverdening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

«Real» Chempionlar ligasi pley-offiga yo‘llanma beradigan saralash bosqichida «Benfika»ga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin 17 fevral kuni Lissabonda, javob uchrashuvi esa 25 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valverde Realning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini baholadi