date

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.

"Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik. Oldinda "Al-Fateh"ga qarshi juda muhim bahs turibdi", — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Mutaxassis ta'kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba kuni, 14-fevralda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduni navbatdagi o'yinda dam oldiradi