date

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaroy tarixiga kirdi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaroy tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaroy” “Eyupsor”ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu xet-trik orqali Ikardi Istanbul klubida yangi rekord o‘rnatdi: u “Galatasaroy” tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Avvalgi yetakchi ruminiyalik Georghe Hadji 75 gol bilan qayd etilgan bo‘lsa, Mauro hozirda 76 ta golga ega.

Klub tarixidagi umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa Ikardi yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon “Galatasaroy” safida o‘ynaydi, bungacha u PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qildi va Galatasaroy tarixiga kirdi