Atletik Real Ovedo ustidan irodali g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 24-turida "Atletik" safarda "Real Ovedo"ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida mezbonlar kutilmaganda oldinga chiqib oldi: 30-daqiqada Federiko Vin'yas uzatmasidan keyin Ilyas Chayra aniq zarba bilan hisobni ochdi.
Ikkinchi taymda bilbaoliklar vaziyatni o'zgartirdi. 58-daqiqada Mikel Haurehizar jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo'llab, muvozanatni tikladi — 1:1.
Oradan ko'p o'tmay In'yaki Uilyamsning bosh bilan yo'llagan zarbasi Davidad Karmuning qo'liga tegdi va hakam penalti belgiladi. 71-daqiqada Oyan Sanset 11 metrlik zarbani markazga yo'naltirib, darvozabonni chalg'itdi — 1:2.
Shu tariqa "Atletik" ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritib, turnir jadvalida 8-o'rindagi "Real Sosyedad"ga yetib oldi. "Real Ovedo" esa jadvalning eng past pog'onasida qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!