Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Zhorzhe Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi o'yinda qatnashmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq ushbu uchrashuvda ham u jamoaga yordam bera olmaydi.
Jezushning aytishicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish haqida qaror qabul qilingan. Murabbiy buning ortida shanba kuni "Al-Fateh"ga qarshi bo'ladigan muhim bahs turganini ta'kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosga ko'ra, Jezush Ronalduga dam berilishi yangilik emasligini ham qo'shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim uchrashuvlarni avval ham o'tkazib yuborgan.
Saudiya chempionatining "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!